Artur "Ferrari"da avtohalokatga uchradi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo yo'l-transport hodisasiga uchradi.

Manbaning xabariga ko'ra, baxtsiz hodisa seshanba kuni ertalab Artur tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ketayotganida yuz bergan. Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi baxtsiz hodisada aybdor bo'lmagan.

Futbolchi avtohalokat oqibatida shikastlanmagan. Biroq uning hashamatli Ferrarisining o'ng tomoni jiddiy shikastlangani uchun ta'mirga muhtoj ahvolga tushib qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventusnews24