

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli italiyalik futbolchi moliyaviy tomondan qoniqarli bo'lsa, Kataloniya klubiga o'tishga tayyor. "Barselona" sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bastoni himoyani kuchaytirish uchun ustuvor variant deb hisoblamoqda. Bitim summasi 80-100 million evroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlar hisobida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.



