"Barselona" yosh braziliyalikni qo'lga kiritmoqchi

Alisher
29 dek 2024, 19:28
"Barselona" "Korintians"ning 19 yoshli braziliyalik hujumkor yarim himoyachisi Breno Bidonni xarid qilmoqchi.

Dekuning Braziliya klubi bilan yaxshi munosabatlari operaciyani osonlashtiradi. Shu bilan birga, yarim himoya chizig'ida o'yinchi xarid qilish "ko'k-anorranglilar" uchun bosh maqsad emas. Klub avvalo himoya va hujum uchun futbolchi olmoqchi.

Breno Bidon - "Korintians" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi jamoa safida 44ta o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt braziliyalikni 8 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport.es