"Barselona" Bernardu Silvani tekinga ham olishga tayyor emas

29 mar 2026, 11:57
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona"ga o'tmoqchi.

Portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh Deku va Xans-Diter Flikni Silvaning transferi zarurligiga ishontirishga harakat qilmoqda. Ammo, "ko'k-anorranglilar" xavbekni tekinga ham qo'lga kiritishga tayyor emas. Kataloniya klubi jamoa futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmasligidan xavotirda.

Eslatib o'tamiz, Bernardu Silvaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Tomonlar yangi bitim haqida muzokara olib bormayapti.


Manba: Diario SPORT