"Barselona" Bastonining transferi bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
"Barselona" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni uchun kurashga kirishdi.

Ayni paytda kataloniyaliklar ochiq muzokaralarga kirishishni istamayapti. Futbolchining transferi Ispaniya grandining moliyaviy holatiga bog'liq. Bastoni 80 mln evroga baholanmoqda (Transfermarkt ma'lumotlari).

Bu mavsumda himoyachi "Inter" safida A Seriyada 14 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda Alessandro Bastoni 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: marca.com