Bahrom Abdurahimov "Nasaf" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
26 yanv 2022, 16:28
O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Nasaf"ga kelib qo'shilgan Bahrom Abdurahimov 2022 yilgi futbol mavsumida ham jamoada o'ynaydi.

Bahrom Abdurahimov "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Xavbek 2015-2017 yillarda ham "ajdarlar" safida harakat qilgan. Abdurahimov "Nasaf" bilan birga ikki marta chempionatning bronza, bir marta kumush medallarini ,ikki marta O'zbekiston Kubogini va bir marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritgan. 

"Bahrom 2022 yilgi futbol mavsumida ajdarlar bilan yana ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishini tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida. 




AlisherMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати