Arnautovich ham Fabregasning shogirdiga aylanishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 avg 2024, 21:02
"Inter" futbolchisi Marko Arnautovich "Komo"ga o'tishi mumkin.

Oldinroq "neradzurri" 35 yoshli hujumchini 5 mln evroga sotib yuborishga tayyorligi borasija ma'lumotlar tarqagandi. "Il Giorno" ma'lumot berishicha, Marko ayni kunlarda Komo shahrida ko'rinish bergan. Iyul oyida "Komo" jamoasi bosh murabbiyligini Sesk Fabregas qo'liga olgandi.

Garchi, "Komo" so'nggi kunlarda faol tarzda hujumchi izlayotgan bo'lsa-da, futbolchi va klub o'rtasida uchrashuv bo'lgani ham tasdiqlanganicha yo'q.

Ayni paytda "Komo" hujum chizig'ini kuchaytirish yo'lida "Panatinaikos"dan Aytor Kantalapedra, shuningdek, erkin agentlar Antoni Marsyal va Memfis Depay nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Giorno