Romano "Real"ning birinchi yozgi transferini ma'lum qildi

Futbol insayderi Fabricio Romano yozgi transferlar davrida "Real"ning birinchi xaridi yarim himoyachi Niko Pas bo'lishini ma'lum qildi.

Bu haqda jurnalist o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Romanoning takidlashicha, "Real" Pasning kelajagini to'liq nazorat qiladi va uni o'zining uzoq muddatli loyihasi sifatida qabul qiladi. Niko Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Manbalarga ko'ra, futbolchini sotishda "Real" sotib olish bandini saqlab qolgan.

21 yoshli argentinalik yarim himoyachi Niko Pas "Komo" sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda futbolchi klub safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: x.com/FabrizioRomano