Armando Broyaga A Seriyaning ko'plab klublari qiziqishmoqda

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 14:01
Faoliyatini "Chelsi"da davom ettirayotgan futbolchiga A Seriya jamoalaridan jiddiy chorlovlar bo'lmoqda.

Ular tarkibida "Milan"ni ham ko'rish mumkin. Biroq manba uning uzoq muddatli kelajagini London klubiga bag'ishlashga yaqin ekaniga ishonmoqda. 

Dushanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida u "Stemford Brij"ni tark etishni istamasligini bildirdi va buning o'rniga uni g'arbiy Londonda uzoq muddat saqlab qoladigan yangi shartnoma taklif qilishsa mamnun bo'lishini aytdi. 

"Chelsi" bilan yangi va uzoq muddatli shartnoma – men va oilam uchun katta imkoniyat. Bu men tug'ilgan klub. Men o'zimni shaxs sifatida ham, futbolchi sifatida ham yaxshilashga harakat qilaman", – dedi albaniyalik futbolchi. 

21 yoshli markaziy hujumchi ushbu mavsum "ko'klar" tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo'ydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato