

"La Gazzetta dello Sport" xabarida aytilishicha, 30 yoshli angliyalik futbolchi "Napoli"ning e'tiborini tortgan. Vingerning nomzodini shaxsan Neapolitan klubi ustozi Antonio Konte maqullagan.
Qayd etish joiz, "Chelsi" yangi mavsumda Sterlingga ishonch bildirmaydi. Bungacha matbuotda ingliz futbolchisi Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Rahim Sterling oldingi mavsum ijara asosida "Arsenal" sharafini himoya qildi. "Kanonirlar" tarkibida APLning 17 uchrashuvida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



