Angliya non-ligasi klubi "Chelsi" darvozabonini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024, 17:16
"Chelsi" darvozaboni Eddi Bich ijara asosida "Geytsxed"ga o'tdi.

Shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

"Geytsxed" Milliy ligada 8-o'rinda (Angliya ligasi tizimida 5-divizion – muharrir eslatmasi) ketyapti.

20 yoshli Bich 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Chelmsford Siti"da o'tkazdi va bu jamoa uchun 21 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gateshead-fc.com