Angliya erkaklar terma jamoasini ayol murabbiy boshqarishi mumkin

Оқил Абдубарноев
16 iyul 2024, 22:09
Angliya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa murabbiyligidan ketgan Garet Sautgeyt o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Garet Sautgeyt qariyb sakkiz yil faoliyat olib borgan jamoani tark etishga qaror qildi. Hozirda Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Sarina Vigman Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoridan o'rin olgan. Hozirda u Angliya ayollar terma jamoasida ishlamoqda. Qayd etish joiz, 54 yoshli Vigman Niderlandiya va Angliya ayollar terma jamoasi boshqaruvida Yevropa chempioni bo'lgan.

Avvalroq "uch sherlar" boshqaruviga APLda ishlagan murabbiylar taklif etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TalkSPORT