Amrabat – "Milan"ning yozgi maqsadi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024, 12:36
Italiyaning "Milan" jamoasi "Fiorentina"dan ijaraga olingan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda "Telelombardia".

Xabar qilinishicha, ijara shartnomasida Amrabatni sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan, biroq "qizil iblislar" uni faollashtirishni rejalashtirmayapti. Yarim himoyachining "Milan"ga transferi taxminiy summasi 10-15 million evroni tashkil qiladi.

Sofyan Amrabat joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 26 ta o'yinda qatnashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Telelombardia