Amaldagi chempion yarim finalda! "Shtutgart" Kilda "bayram" uyushtirdi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2026
Germaniya Kubogining 1/4 final bosqichi doirasidagi "Xolshtayn" hamda "Shtutgart" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

O'yinda mehmonlar yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.

Kil shahrida kechgan o'yin tafsilotlari:

56-daqiqada Deniz Undav hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

O'yin yakunida "Shtutgart" bosimni kuchaytirdi: 89-daqiqada Kris Fyurix, 90+2-daqiqada esa Atakan Karazor raqib darvozasini ishg'ol qildi - 0:3.

Shu tariqa, amaldagi kubok sohibi "Shtutgart" yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum finalida ular "Arminiya"ni (4:2) mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqishgan edi. Avvalroq Leverkuzenning "Bayer" jamoasi ham yarim finalga yo'l olgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia