Aleksandr Xomyakov: "Bu yil uchun "Andijon"ga "4" baho qo'yaman"

Narzulla Saydullayev
1 dek 2023, 18:15
Coca-Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yigitlar harakat qilishdi, vaziyatimizdan foydalandik va gol urdik. G'alabaga sabab bo'lgan faktor biz uchun ishonch edi. Mavsum yakuniga etdi, qayerdadir omadli bo'ldik, yana boshqa joylarda shu faktor bizga pand berdi. Qo'llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdormiz. Bizning muxlislar qanday kuchga ega ekanini barcha yaxshi biladi. Jamoada ishlagan har bir xodim va mutaxassislarga ham rahmat aytaman.

- Siz jamoaning mavsumni ettinchi pog'onada tugatganidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Natijalarimizdan qaysidir manoda ko'nglim to'ldi. O'zimizga baho bera olmaymiz, bu xulosani tashqaridan ko'rgan kishi berishi mumkin. O'zimga qolsa mavsum uchun "4" baho qo'yardim, xatolarimiz bo'ldi. Lekin yomon mavsum o'tkazmadik deb o'ylayman. Navbatdagi mavsumga yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia