Zlatan A Seriya, APL va LaLigani solishtirdi

Mirjalol Normatov
13 noya 2025
"Barselona", "Manchester Yunayted" va "Milan" kabi jamoalarning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Ispaniya, Angliya va Italiya chempionatlarini solishtirdi.

"LaLigada jamoalar hujumni darvozadan boshlashga harakat qiladi. Hatto jamoalarning darajasi past bo'lsa ham futbol o'ynashga intiladi.

Italiya futbolida taktika asosiy o'rinda, ularda barchasini ham o'rganib bo'lmaydi. U yerda hujumdan ko'ra himoya muhimroq. Jamoalar himoyaviy o'ynagani uchun hujumchiga doim qiyin bo'lib kelgan. Agarda u yerda muvaffaqiyatga erishayotgan bo'lsang, bu aqlbovar qilmas hissiyotlar beradi.

APLdagi tezlik juda dahshatli - hujumda ham himoyada ham. Agarda sening texnikang yuqori bo'lsa-yu, bunday tempga dosh bera olmasang, qanchalik iqtidorli bo'lsang ham qiynalasan", - dedi Ibragimovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca