Zelinski jarohat oldi

Alisher
23 avg 2021, 13:07
"Napoli" xavbeki Petr Zelinski "Veneciya"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

27 yoshli polyak o'yinning 35-daqiqasida jarohat oldi va uning o'rniga Elif Elmas tushirildi. Jarohat tafsilotlari va futbolchining ehtimoliy tiklanish muddati keyinroq ma'lum bo'ladi.

Zelinski o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, neapolliklar "Veneciya"ga qarshi A Seriya 1-turini 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia