Zabihillo O'rinboev yana "Metallurg"da o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2022
Yangi yilning birinchi haftasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirmoqda.

"O'z vaqtida bekobodliklar sharafini himoya etgan futbolchilardan yana biri “Metallurg”ga qaytdi. Zabihillo O'rinboev bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.

Zabihillo O'rinboev 26 yoshda. U 1995 yilning 30 mart sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Bunyodkor” jamoasida boshlagan. “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Metallurg” va “Navbahor” jamoalarida o'ynagan. Elitada 134 ta o'yinda maydonga chiqib, 11 ta gol urgan. Hakamlar tomonidan 10 ta sariq kartochka bilan jazolangan. 

Zabihillo O'rinboev yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni (2018), O'zbekiston chempioni (2013) va vice-chempioni (2016). O'zbekiston kubogi (2013) va superkubogi (2014) sohibi sanaladi. 

U "Metallurg"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi", – deya xabar berdi "Metallurg" klubi matbuot xizmati.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати