A Seriya. "Yuventus" "Lacio" bilan o'yinda 90+6 daqiqadagi gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Alisher Ostonov
9 fev 2026
A Seriya 24-tur doirasidagi "Yuventus" - "Lacio" o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlab mehmonlar hujumchisi Pedro 45+2 daqiqada hisobni ochdi. 47-daqiqada Gustav Isaksen hisobdagi farqni oshirdi. 59-daqiqada Ueston Makkenni hisobni qisqartirdi. Perri Kalulu 90+6 daqiqada gol urib, hisobning teng bo'lishini taminladi.

"Yuventus" A Seriyada 24 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda to'rtinchi, "Lacio" esa 33 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda.


9 fev 2026, 00:45
Juventus — Lazio
2 – 2
Tugadi








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia