

“Roma” va “Yuventus” o'rtasidagi o'yin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Rimliklar safida gollarga Uesli Franka (39-daqiqa), Evan Ndika (54) va Doniell Malen (65), turinliklar safida Francisko Konseysau (47), Jeremi Boga (78) va Federiko Gatti (90+3) mualliflik qildi.
“Roma” A Seriya turnir jadvalida 27 ta o'yindan so'ng 51 ochko jamg'argan holda to'rtinchi, “Yuventus” esa 47 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalini 67 ochko bilan “Inter” boshqarmoqda.





