Yarmolenko va Yaremchuk tandemi Yevropa chempionati tarixiga kirdi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021, 19:35
Ayni daqiqalarda Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Ukraina – SH.Makedoniya bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvda yarim himoyachi Andrey Yarmolenko va hujumchi Roman Yaremchuk raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Bungacha esa ushbu tandem Niderlandiya (2:3)ga qarshi ilk tur o'yinida ham gol urishgandi. 

Shu tariqa, Yarmolenko va Yaremchuk Yevropa chempionati tarixida musobaqa startidagi ketma-ket ikki o'yinda gol urgan birinchi duetga aylandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru