Xummels, Myuller va Boatengga performans orqali rahmat aytildi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 15:10
Germaniya terma jamoasi muxlislari Serbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (1:1) oldin yorqin performans namoyish etishdi.

Performans Yoaxim Lyov qarori tufayli milliy jamoani tark etgan Mats Xummels, Tomas Myuller va Jerom Boatengga bag'ishlangan edi. Muxlislar tribunaga "rahmat" so'zini va futbolchilar raqamlarini (5,13,17) yozishdi.

Eslatib o'tamiz, Lyov Germaniya terma jamoasida islohot o'tkazish uchun shunday qaror qabul qilganini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/DFB_Fanclub