Gyundogan, Myuller va Noyer terma jamoa bilan xayrlashishdi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2024
Germaniya hamda Niderlandiya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasining 4-tur o'yinidan oldin nemis jamoasining 3 nafar futbolchisi terma jamoa bilan xayrlashishdi.

Ilkay Gyundogan, Tomas Myuller hamda Manuel Noyerlar milliy jamodagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi. Bugun ular muxlislar oldida terma jamoa bilan xayrlashishdi.

Muxlislar ular sharafiga performans namoyish etishdi va unda quyidagi so'zlar yozilgan edi:

"Afsonalar. Yigitlar, hammasi uchun rahmat".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages