Xitcfeld: "Zidanni "Real" murabbiyi etib tayinlash - aqldan ozdiradigan qaror"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2016, 15:54
"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitcfeld "Real" rahbariyatining jamoa bosh murabbiyi joyiga Zinedin Zidanni tayinlashi haqida fikr bildirdi.

"Zidan lotereyada g'olib chiqqandek. Bu aqldan ozdiradigan qaror. Zidanda tajriba yo'q. U faqat futbolchilik paytida erishgan o'zining mashhur ismi bilan maqtanishi mumkin. Murabbiy sifatida, hech narsani isbotlamagan. Hozir u jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlashi kerak" - deydi Xitcfeld.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Blick