Xasselbaynk Uotford bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 okt 2014, 11:11
Bugun Uotford bosh murabbiyi Billi Makkinli iste'foga chiqadi.
45 yoshli shotlandiyalik murabbiy 8 kun oldin Angliya ikkinchi divizioni klubida ish boshladi.

Makkinli qo'l ostida Uotford bitta g'alaba va bitta durang qayd etib chempionshipda 3-o'rinda bormoqda.

The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, jamoaning yangi murabbiyi etib Jimmi Floyd Xasselbaynk tayinlanadi.

Chelsidagi faoliyati tufayli mashhur bo'lgan 42 yoshli golland o'tgan mavsumda Belgiya ikkinchi ligasida Antverpen bilan 7-o'rinni egallab yozda u erni tark etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru