Xarri Keyn uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020
Xirurg Kris Uilson "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning jarohati borasida gapirdi.

"Uning kamida 6 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishini taxmin qilyapman. Xarri maydonga qaytganidan keyin ham oldingidek yuqori saviyada o'ynay olmaydi. Shuningdek, ushbu jarohati keyinchalik futbolchiga tez-tez zarba berib turadi.

Keyn katta ehtimol bilan navbatdagi mavsum uchun tayyorgarlikda qatnashadi. Biroq shunda ham 3 oy davomida futbolchini kuzatish kerak. U ushbu mavsumda boshqa o'ynamaydi", - dedi xirurg.

Oldinroq Keyn Evro-2020ni o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal