Virjil van Deyk: "Gakpoga "Manchester Yunayted"dan ko'ra "Real" yaxshi variant"

Mirjalol Normatov
4 dek 2022, 15:52
"Liverpul" va Niderlandiya termasi futbolchisi Virjil van Deyk milliy termadagi jamoadoshi Kodi Gakpoga maslahat berdi.

"Manchester Yunayted" va "Real"ning darajasi bir xilmi? Ikkala klubni ham qattiq hurmat qilgan holda aytaman - unday emas.

Gakpo navbatdagi qadamni tashlashi kerak. Qishdayoq uni boshqa jamoada tasavvur qilib ko'rish kerak. U ajoyib yigit, doimo chin yurakdan mehnat qiladi, katta iqtidori bor. Shu sababli u "Real"ni tanlashi kerak", - dedi van Deyk.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal