

“Manchester Siti” - “Sautgempton” 2:1
Gollar: 79 - Finn Azaz, 82 - Jeremi Doku, 87 - Niko Gonsales
“Manchester Siti”: 1. Jeyms Trafford, 27. Mateus Nunesh, 21. Rayan Ait-Nuri (33. Niko O'Rayli, 71’), 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 14. Niko Gonsales, 47. Fil Foden (11. Jeremi Doku, 58’), 8. Mateo Kovachich (26. Savio, 58’), 10. Rayan Sherki, 4. Teyani Reynders (20. Bernardu Silva, 86’), 7. Omar Marmush (9. Erling Holand, 71’).
Zaxira: 25. Janluiji Donnarumma, 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 82. Riko Lyuis.
“Sautgempton”: 41. Daniel Perec, 14. Jeyms Bri (19. Kemeron Archer, 89’), 6. Teylor Xarvud-Bellis, 15. Natan Vud-Gordon, 34. Velington (27. Kuryu Macuki, 77’), 10. Finn Azaz, 13. Leo Shenca, 20. Kaspar Yander, 48. Kemeron Bregg (24. Shi Charlz, 61’), 18. Tom Fellouz, 11. Ross Styuart (9. Kayl Larin, 61’).
Zaxira: 25. Jorj Long, 17. Joshua Kuarshi, 38. Elias Yelert, 23. Samuel Edozi, 46. Jey Robinson.
Ogohlantirishlar: 90+3 - Teylor Xarvud-Bellis
🕛 90+8. O'yin yakunlandi. Abduqodir Husanov va “Man Siti” navbatdagi finalda!
90+2. Yana Savino! Bu safargi zarbasi juda noaniq va tushunarsiz chiqdi.
90+1. Savino!!! Doku qarshi hujumda oldinga yurish qildi, raqib darvozaboni oldinga chiqqandi, uni aldab, jarima maydonchasiga yaqin Savinoga uzatdi, braziliyalik futbolchining zarbasini himoyachilar qaytardi…
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
89. Buyog'iga “Sautgempton” vabankka borsa kerak. Zo'r yakun kutyapti bizni.

⚽️ 87. GOL! Niko dahshatli gol bilan hisobni oshirdi! Gonsalesning uzoqdan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi! Zo'r gol!
86. “Man Siti” oldinga o'tmoqda, kuchli bosim ko'ryapmiz.
83. Yana “Sautgempton”dan hujum! Bu safargi zarba Macuki ijrosida bo'ldi, Trafford jamoasini muqarrar goldan qutqardi!

⚽️ 82. GOL! Doku hisobni tenglashtirdi! Jeremi to'pni o'ziga to'g'rilab olib, zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab, darvoza to'ridan joy oldi!
80. “Man Siti” shuncha vaqt dominantlik qilib keldi, ammo oxirida gol o'tkazib yubormoqda. Buyog'iga qanday bo'larkan endi?!

⚽️ 79. GOL! Finn Azaz super gol urdi! Sherki to'pni yo'qotdi, Finnga to'p kelib tushdi, uning ajoyib zarbasidan so'ng to'p darvozaga kirdi!
75. Dokuning uzoqdan tepgan to'pi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.
73. Dahshat vaziyat “Man Siti”da! Dastlab Reyndersning zarbasini darvozabon qaytardi, Sherki tepdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi, uchinchi zarbasi esa noaniq bo'ldi.
63. Yana Marmush… Sherkining super uzatmasini misrlik hujumchi shunchaki darvozaga kiritib qo'yishi kerak edi, biroq ulgurmadi.
60. Ayt-Nuri Marmushga yaxshi pas berdi, uning bergan zarbasi juda noaniq bo'ldi…
54. Fodenning zarbasi juda noaniq bo'ldi.
49. Marmush ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda: to'pni o'ziga to'g'rilab olish yoki bo'lmasa yakuniy zarbani berishda muammo bo'lmoqda.
46. Abduqodir Husanov o'yinga qo'shilmadi, hozircha.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Nunesh jarohat olgandi, uning o'rniga Husanov tushishi kutilmoqda. Ammo hozircha Mateus tibbiy yorda olib, maydonga qaytdi. Ikkinchi bo'limda almashtirilsa kerak.
41. Abduqodir Husanov maydonga tushishga tayyorlanmoqda!
35. Reyndersning akrobatik usulda tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
34. Marmush darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, zarba berdi, darvozabon qaytardi.
23. Sherkining zarbasi raqib himoyachilariga tegib ortga qaytdi.
19. Kovachich jarima maydonchasiga yorib kirib to'pni darvozaga yo'lladi, biroq biroz noaniq bo'ldi.

12. GOL! Shenca hisobni ochgandi, ammo u offsaydda qolib ketgan ekan. Hisobga olinmadi gol.
11. Marmush yaxshi vaziyatda zarba bera olmadi, raqib himoyachisi yaxshi o'ynab, xavfni bartaraf etdi.
10. Fellouzning uzatmasidan so'ng Yander darvozaga zarba bermoqchi bo'ldi, biroq “Siti” himoyachilari imkon berishmadi.
5. “Man Siti” dan zo'r hujum! Marmushning uzatmasini Reynders darvozaga yo'lladi, darvozabon ajoyib tarzda qaytardi. Qo'shimchasiga bu vaziyatda offsayd ham bo'lgan ekan.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya kubogi yarim final doirasidagi “Manchester Siti” - “Sautgempton” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



