Verner 12 o'yinlik golsiz seriyasiga barham berdi

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2021, 20:45
Angliya Kubogi 1/32 bosqichi doirasida “Chelsi” o'z maydonida quyi division vakili “Morkem”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Timo Verner o'z hisobiga gol yozdirishga erishdi. Shu tariqa, germaniyalik forvardning 827 daqiqa (12 o'yin) davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi. U so'nggi bor APLdan o'rin olgan “Sheffild Yunayted”ga qarshi 2020 yil noyabrida bo'lib o'tgan bahsda (4:1) raqib darvozasini ishg'ol etgandi.

Verner joriy mavsum “aristokratlar” libosida 25 o'yinini o'tkazdi va 9-to'pini kiritdi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta