Vengerning avtobiografiyasi 20 oktyabrda ommaga taqdim qilinadi

16 apr 2020, 00:49
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerning tarjimai holi chiqariladigan sana ma'lum bo'ldi.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, "Mening hayotim qizil va oq rangda" nomli kitob joriy yilning 20 oktyabrida o'quvchilarga taqdim qilinadi. U 352 sahifadan iborat bo'lib, asosan ingliz, francuz va nemis tillarida yozilgan.

Siz ham "Amazon" yoki shunga o'xshash savdo tarmoqlari orqali mazkur kitobga oldindan buyurtma berishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Venger "Arsenal"ni 1996-2018 yillarda boshqargan. London klubi fransiyalik mutaxassisning qo'l ostida 3 karra Angliya chempioni, 7 martadan mamalakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek,  UEFA kubogi va YCHL finallari ham muxlislar yodida qolgan.


Manba: Get French Football News