Valverde "Real" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi. Tovon puli - 1 mlrd evro

Alisher
24 avg 2021, 18:06
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Madrid klubida davom ettiradi.

"Real" urugvaylik futbolchi bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi. Uning shartnomasida rekord miqdordagi tovon puli bor - 1 milliard evro. Bunday narx Karim Benzemaning shartnomasida ham bor.

Valverdening amalga shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan edi. Futbolchi "Real" tarkibida 2018/19 yilgi mavsumda debyut qilgan.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com