Upamekano "Bavariya"ni tark etish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 12:14
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano kelasi yozda klubini o'zgartirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "L'Equipe" jurnalistlariga ma'lum bo'ldi. Qayd etilishicha, 25 yoshli Upamekanoga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik aynan o'sha yerda paydo bo'lishi mumkin.

Dayo Upamekano 2023/2024 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali ekspertlari Upamekanoni 60 million evroga baholagan. 

Eslatib o'tamiz, Upamekano "Bavariya"da 2021 yilning yozidan beri o'ynamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe