"Bavariya" futbolchi jarohati sababli uzoq muddatga maydondan chetda qoladi

19 apr 2026, 10:15
"Bavariya" qanot hujumchisi Serj Gnabri oyog'idan jiddiy jarohat oldi.

Serj Gnabri "Bavariya"ga uzoq muddat yordam bera olmaydi. Qanot hujumchisi oyog'idan jarohat olgan. Bu klub tibbiy xizmati o'tkazgan tekshiruv natijalaridan ma'lum bo'ldi", - deyiladi "Bavariya"ning rasmiy saytida.

Eslatib o'tamiz, 10 kundan keyin "Bavariya" Chempionlar ligasi yarim finalida PSJ bilan o'ynaydi.

Joriy mavsumda 30 yoshli hujumchi klub safida barcha turnirlarda 37 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evro.


Manba: Bild