

"Samuraylar" Xitoy darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritib, o'z tarixida uchinchi bor (rekord natija) va ketma-ket ikkinchi marta qita chempionligini qo'lga kiritdi.
Xitoy terma jamoasi uchun esa finalga qadar yetib kelishning o'zi tarixiy natija bo'ldi. E'tiborlisi, Xitoy tarkibida kelib chiqishi uyg'ur bo'lgan futbolchilar - Yusup Umidjon va Mutallip Iminqari bahsni asosiy tarkibda boshlashdi.
Osiyo Kubogi U-23. Final
XITOY - YAPONIYA 0:4
Gollar: 0:1 - 12' YU. Ozeki, 0:2 - 20' K. Ogura, 0:3 - 59' R. Sato (pen), 0:4 - 76' K. Ogura.
Xitoy U-23: Li Xao, Yang Si, Yusup Umidjon, Pen Syao, Lyu Xaofan, Xu Xetao, Mutallip Iminqari, Syuy Bin, Li Chjencyuan, Syan Yuyvan, Van Yuydun.
Yaponiya U-23: Rui Araki, Kayto Koizumi, Shuto Nagano, Rion Ichixara, Rey Umeki, Yuto Ozeki, Kosey Ogura, Ryunosuke Sato, Shusuke Furuya, Yumey Yokoyama, Nvadike Uchebrian.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda Xitoyga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi.



