Turkiyalik futbolchi faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi

2 iyul 2020, 01:45
"Roma" yarim himoyachisi Jengiz Under Neapol klubiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

La Repubblica nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli xavbek "Napoli" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Under bo'lajak jamoasida yiliga 3 mln evro maosh olishi kutilmoqda. Ammo klublar o'rtasidagi muzokarlar yakunlangani yo'q. "Napoli" rahbariyati turkiyalik futbolchi uchun 25 mln evro to'lamoqchi, rimliklar esa 30 mln evro talab qilishmoqda.


Manba: La Repubblica