

La Gazzeta dello Sport nashrining yozishicha, misrlik futbolchi "Roma"ga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Saloh 2015–2017 yillarda "bo'rilar" safida o'ynab, barcha turnirlarda 83 ta o'yin o'tkazgan va "gol + pas" tizimi bo'yicha 34+21 ko'rsatkichga erishgan.
Eslatib o'tamiz, yakunlanyotgan haftada Saloh mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini e'lon qildi. Tomonlar 2027 yil yozigacha tuzilgan shartnomani o'zaro kelishuv asosida muddatidan ilgari bekor qilishga qaror qildi.



