"Barselona" "Roma" markaziy himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
7 mar 2026
"Barselona" 26 yoshli ivuarlik himoyachi Obit Evan Ndika haqida ma'lumot to'plamoqda.

Futbolchi "Roma" sharafini himoya qilmoqda.

Manbalarning takidlashicha, hozircha transfer bo'yicha rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Ammo ularning ehtimoli yuqori, chunki Ndika kataloniyaliklarning futbolchilarga qo'yayotgan talablariga javob beradi.

Ndika "Ayntraxt"dan keyin 2023 yildan beri "Roma"da o'ynamoqda. Bu mavsumda himoyachi klub safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: sport.es