"Tottenxem"ni boshqarish uchun nomzodlar ma'lum

Administrator
11 fev 2026
London klubi o'ziga murabbiy qidirishda davom etmoqda.

Maurisio Pochettino Tomas Frankning o'rnini bosuvchi uch nomzoddan biri sifatida ko'rib chiqilmoqda.

The Telegraph xabar qilishicha, "Tottenxem"ning qisqa ro'yxatiga argentinalik mutaxassisdan tashqari Roberto De Dzerbi va "Ferentsvarosh" bosh murabbiyi Robbi Kin ham kiritilgan.

London klubi murabbiylik lavozimini vaqtincha, yozgacha egallash uchun kimnidir taklif qiladimi yoki darhol biror mutaxassisni uzoq muddatga jalb etishga harakat qiladimi, hozircha noma'lum. Birinchi holatda jamoani mavsum oxirigacha aynan Kin boshqarishi mumkin.



AdministratorMuallif
Manba: The Telegraph