"Tottenxem" yozdagi oltinchi transferini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
"Tottenxem" "Midlsbro"dan Jed Spensni xarid qildi.

Angliyalik futbolchi London klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "shporlar" 21 yoshli futbolchining transferi uchun 12,5 million funt to'ladi.

Spens - "Tottenxem"ning yozdagi oltinchi transferi hisoblanadi. Bunga qadar "Tottenxem" o'z tarkibiga Risharlison, Iv Bissuma, Ivan Perishich, Freyzer Forster va Kleman Langle kabi futbolchilarni tarkibiga qo'shib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial