"Tottenxem" PSV yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 15:43
"Tottenxem" PSV va AQSH terma jamoasi vakili Malik Tillmanga e'tiborini qaratdi.

Shuningdek, futbolchiga "Aston Villa" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu transfer qishdan ko'ra, yozda amalga oshishi haqiqatga yaqinroq.

Eslatib o'tamiz, Tillman PSVga "Bavariya"dan 2023 yil avgustida ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsum 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 20 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali Tillmanning transferini 25 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk