"Tottenxem" himoyachisi yanvargacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank himoyachi Destini Udoji son mushaklaridagi jarohati tufayli 2025 yil oxirigacha safdan chiqqanini tasdiqladi.

23 yoshli italiyalik futbolchi "Nyukasl"ga qarshi (2:2) o'yinda jarohat oldi va "Brentford" bilan 2:0 hisobidagi g'alabali uchrashuvni o'tkazib yubordi.

"Afsuski, Destini "Nyukasl"ga qarshi o'yin oxirida son mushaklaridan jarohatlandi, shuning uchun yanvargacha safdan chiqdi", – dedi Frank matbuot anjumanida.

Udoji 2025/26 yilgi mavsum 15 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Tottenxem"dagi faoliyati davomida himoyachi son mushaklaridagi muammolar tufayli 25 o'yinni o'tkazib yubordi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN