"Torino" Miranchukni qaytarmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2023, 14:23
"Torino" "Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni Turinga qaytarmoqchi.

Avvalroq futbolchi ijara huquqi asosida "buqalar" tarkibida to'p tepib ulgurgandi. Hozir jamoa takroriy ijara yoki to'liq transfer variantlarini o'rganib chiqmoqda.

Bu amalga oshishiga futbolchining transfer narxi va maoshi to'siq bo'lishi mumkin. Bergamoliklar esa hozircha futbolchi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishmagan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24.ru