

"Klubimiz asosiy jamoasida murabbiy shtabida o'zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Aleksey Nikolaev klubni tark etdi.
Fevzi Davletov so'nggi ikki mavsum davomida jamoamizga ustozlik qildi. Uning qo'l ostida jamoa 65 ta rasmiy uchrashuv o'tkazdi va O'zbekiston Kubogining yarim final bosqichiga qadar yetib keldi.
Bosh murabbiy lavozimiga avval bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan va yoshlar futbolida katta obro'ga ega bo'lgan Stanislav Kudryashov tayinlandi. Keyinroq yangilangan murabbiylar shtabining to'liq ro'yxatni e'lon qilamiz", – deyiladi xabarda.



