Toma Tabatadze "Neftchi" bilan hayrlashdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2025
Hujumchi Toma Tabatadze "Neftchi"ni tark etadi.

Bu haqda futbolchining o'zi "Instagram"da ma'lum qildi.

"Hayrlashish vaqti keldi. Hissiyotlarimni tariflab berish uchun so'zlar topa olmayapman. O'tgan yillar davomida men bu yerdagi akalarim, ukalarim bilan katta mehnat qildik, to'siqlarga duch keldik.

Meni qo'llab-quvvatlagan, yonimda bo'lgan barchaga rahmat aytaman. Biz barchamiz bir-birimiz uchun, klub uchun kurashdik. 

Barchaga sog'lik-salomatlik, birdamlik tilayman. Ko'rishguncha", - deb yozadi futbolchi.

Hujumchi ushbu mavsumning birinchi davrasida 16 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia