Tiago Alkantara Beylni "Bavariya"da kutmoqda

Alisher
23 iyul 2019
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara uelslik futbolchi Garet Beylni Aren Robben yoki Frank Riberining o'rnini bosa oladi deb hisoblamoqda.

"Hammasi ochiq-oydin: men "Bavariya"da o'ynashni istagan va klubda yaxshi o'yin ko'rsatishni xohlagan yuqori saviyali o'yinchidan xursand bo'laman. Bizning eshiklarimiz ochiq, - deydi 28 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Robben, Riberi va Beyl o'xshash poziciyalarda to'p surishadi, bizning afsonalarimiz esa Robben va Riberi "Bavariya"ni tark etishdi. Shunday ekan, har qanday yuqori darajagi o'yinchi kelishidan mamnun bo'lamiz".

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Beyl "Real"ga 2013 yilda kelgan. Ammo, bosh murabbiy Zidan bilan kelishmovchiliklari tufayli klubdan kyetishi tobora oydinlashib bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: skysports.com