Tiagu Motta "Tottenxem"ni boshqarishi mumkin

Alisher Ostonov
8 mar 2026
Xorvatiyalik murabbiy Igor Tudor 14 fevral kuni "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi.

Biroq, hozirda mutaxassisning iste'fosi qizg'in muhokama qilinmoqda, chunki "shporlar" yangi murabbiy qo'l ostida APLdagi uchta o'yinning barchasida mag'lub bo'lishdi.

Natijada "Tottenxem" APLda 16-o'ringa tushib ketdi. Hozirda londonliklar xavfli zonadan 1 ochko ortda qolmoqda.

Bosh murabbiylikka nomzodlar orasida italiyalik Tiagu Motta ham bor. Mutaxassis bungacha "Jenoa”, "Speciya" va "Bolonya" klublarini boshqargan. Motta 2024-2025 yillarda Turinning "Yuventus" klubiga murabbiylik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Corriere dello Sport