Taniqli to'purar darvozabon “Flamengo” ustoziga aylandi

Eldor Akmurzayev
10 noya 2020, 19:50
Rojerio Seni “Flamengo” bosh murabbiy etib tayinlandi.

Kelishuv 2021 yilning oxirigacha tuzilgan. Jamoa Braziliya chempionatida 3-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Seni faoliyati davomida 131 ta gol urib, mazkur ko'rsatkich bo'yicha futbol tarixidagi to'purar darvozabon hisoblanadi. U 2015 yil futbol bilan xayrlashgan, keyinchalik Braziliyaning “San-Paulu”, “Kruzeyro” va “Fortaleza” kabi klublarini boshqargandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Flamengo