Rojerio Seni - "San-Paulu" yangi bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
14 okt 2021, 19:42
Kecha Ernan Krespo o'zaro kelishuvga ko'ra shartonmani bekor qilib, jamoani tark etgandi.

Seni 2017 yilda ham "San-Paulu"da ishlagan. 48 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan kelishuv rasmiylashtirildi.

Ma'lumot uchun, futbolchilik davrida darvozabon bo'lib harakatlangan Rojerio Seni 100 tadan ko'p gol urib, to'purar-darvozabon sifatida futbol tarixidan joy olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: saopaulofc.net