"Surxon" Termizda asr g'alabasini qo'lga kiritishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026
"Surxon" jamoasi 2-turda "Surxon Arena"da "Neftchi"ni qabul qiladi.

Termizliklar shu kunga qadar uyda "Neftchi" bilan 16 bor to'qnash kelgan. Bu o'yinlarda mutlaq ustunlik farg'onaliklar tomonida - 8 g'alaba. Yana 7 ta bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. "Surxon" o'z maydonida "Neftchi" ustidan yagona g'alabasini 1999 yilgi mavsumning 14-turida qo'lga kiritgan.

Superliga-1999

15.06.1999. 14-tur

"Surxon" – "Neftchi" 2:1

Gollar: Oybek Berdimurodov, Ravshan Do'rmonov - Umid Isoqov

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi o'yin 5 mart kuni 19:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia