Subotich noyabr oyidan buyon ilk bor maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014
Dortmundning Borussiya klubi himoyachisi Neven Subotich kecha Xaydenxaymga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (4:3) maydonga tushdi.
25 yoshli futbolchi noyabr oyida jiddiy jarohat olib safdan chiqqandi. Oradan uzoq vaqt o'tib u yana maydonga qaytdi.

Subotich uchrashuv yakuniga 16 daqiqa qolganida Evans Nyarkoni almashtirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru